Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning ma’lum qilishicha, tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’ektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.