Namangan aeroportida “Kargo” tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Namangan aeroportida “Kargo” tizimi yoʻlga qoʻyiladi

11.09.2024 00:00 O'zbekiston 4

Gullar shahri havo darvozasini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish masalasi Prezidentimizning joriy yil 25-26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida dolzarb loyihalardan biri sifatida oʻrtaga qoʻyilgandi. Ayni vazifa ijrosi doirasida xorijiy davlatlarga eksportni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Kargo” tizimini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Investorlar bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida mazkur loyihani “Namangan air solution” korxonasi tomonidan qisqa muddatda amalga oshirish taklifi bildirilib, kelishuvga erishildi.

“Kargo” iborasi asosan dengiz, havo va yer usti transportida katta hajmdagi yuklarni tashishga nisbatan ishlatiladi.

3d4e02d10f15055b237a4e6609fa68ed0911

Foto: xs.uz

"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, bugun erta tongda Namangan xalqaro aeroportida eksportni rivojlantirish qaratilgan ezgu ishga kirishildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda tadbirkorlar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda viloyatda 560 tadan ortiq subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hamda yetishtirilgan meva-sabzavotlar dunyoning 65 ta davlatiga eksport qilinmoqda. “Kargo” tizimi orqali yana 22 ta davlat bozoriga kirib borish va eksport geografiyasini 90 taga yetkazish koʻzda tutilgan.