Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda elektromobillar importi oshdi

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda elektromobillar importi oshdi

12.09.2024 00:00 O'zbekiston 3

elektromobil

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 156 mln AQSH dollariga 10 542 ta elektromobil import qilgan.

7 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 10 477 ta

— Gonkong – 14 ta

— Germaniya – 11 ta

— BAA – 10 ta.