Shavkat Mirziyoyev sammitda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev sammitda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

17.09.2024 00:00 O'zbekiston 4

Mirziyoyev,jo'nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17 sentabr kuni tongda "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17 sentabr kuni tongda ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.