Xivada Oʻzbekiston—Eron biznes-forumi oʻtkazildi

Xivada Oʻzbekiston—Eron biznes-forumi oʻtkazildi

23.09.2024 00:00 O'zbekiston 4

Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasida Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Oʻzbekiston—Eron biznes-forumi oʻtkazildi.

82bad5ff4c919d8e4cd908faf11b031b0923

Foto: xs.uz

Mazkur tadbir Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati hokimligi hamda Eron tomoni hamkorligida tashkil etildi. Ikki davlatning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda sanoat, innovatsiya, qishloq va suv xoʻjaligi, oziq-ovqat, baliqchilik, qurilish materiallari, dori-darmon va farmatsevtika, toʻqimachilik, logistika va muhandislik sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Forum doirasida Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi prezidenti Samad Hasanzoda bilan muloqotda boʻldi. Shuningdek, Eron biznes doiralari vakillari hamda Xorazm viloyati ishbilarmonlari oʻrtasida V2V formatdagi muzokaralar boʻlib oʻtdi.