Mirzo Ulugʻbek tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Mirzo Ulugʻbek tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

25.09.2024 00:00 O'zbekiston 16

Gʻoyibnazarov Bahodir Rixsialiyevich Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimi matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

ce87aa23c60720322655695eb6a4d4910925



Ta'kidlanishicha, Bahodir Gʻoyibnazarov 1970-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi, 2005-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini huquqshunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.

Gʻoyibnazarov 2018-yildan beri mazkur lavozimda ishlab kelgan Shavkatbek Irgashevning oʻrnini egalladi.

U 2021-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abubakirov Bobir Yoʻldoshovich Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.