Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga murojaat yo‘ladi.
"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, Isroil shimolida murakkab vaziyat yuzaga kelgani bois fuqarolar mazkur mamlakat hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishga chaqirilgan.
Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganini eʼtiborga olib, oʻzingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz, deyiladi murojaatda.
Shuningdek, Isroil frontorti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga oʻrnatib olish soʻraldi.
Zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, oʻz hayotingizni ehtiyot qiling, deyiladi murojaatda.
Elchixona konsullik boʻlimi ishonch telefonlari:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397