Toshkent shahrida ikkita avtobus ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 25 sentabr kuni soat 06:45 larda Yangihayot tumanida haydovchi A.Y. boshqaruvidagi “Yutong” rusumli avtobus Xonabod koʻchasidan Quruvchilar koʻchasiga burilayotganda Sh. Sh. boshqaruvidagi boshqa bir avtobus bilan toʻqnashib ketgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq, avtobuslar texnik shikastlangan.
Manbaga ko'ra, sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi belgilangan. Ushbu YTH Toshkent shahri IIBB YHXB inspektorlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.