Toshkent shahar hokimligida Xitoyning Nankin shahri delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida Xitoyning Nankin shahri delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26.09.2024 00:00 O'zbekiston 5

Poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Sanjar Tadjiyev va Xitoyning Nankin shahar xalq vakillari Doimiy qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Xu Vanszin boshchiligidagi delegatsiya vakillari o'rtasida  uchrashuv bo'lib o'tdi.

photo_2024-09-24_14-30-01 (4)

Uchrashuvda savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy almashuvlarni kuchaytirish hamda sog'liqni saqlash sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xu Vanszin  tibbiyot sohasida ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lgan hamkorlik imkoniyatlarini alohida ta'kidladi.

Ikkala tomon ham turli sohalarda bir-birining tajribasidan foydalanish orqali o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

photo_2024-09-24_14-30-01 (2)

 

photo_2024-09-24_14-30-01 (3)