O‘zbekiston Markaziy banki Xitoy Eksim-bankining vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi

O‘zbekiston Markaziy banki Xitoy Eksim-bankining vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi

30.09.2024 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xitoy Eksport-import bankining vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

Vakolatxona mamlakat moliya bozorini oʻrganish, davlat organlari va tijorat banklari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan, deya xabar qildi regulyator.

exim_bank_china

Qayd etish kerakm O‘zbekiston Prezidentining XXRga amalga oshirgan davlat tashrifi vaqtida, Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fuling o‘rtasidagi uchrashuvda Toshkentda mintaqaviy vakolatxona ochish rejalari ko‘rib chiqilgan edi.

Shu bilan birga, transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni tayyorlash masalalari muhokama qilinib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani ta’kidlangan.

Xitoyning Exim Banki 1994 yilda tashkil etilgan. 800 milliard dollardan ortiq aktivlarga egalik qiladi. Bu tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xitoyning yetakchi moliya instituti hisoblanadi.