Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqdagi postiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
“PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod”, degan insayder Muhammad Tuchabe-Ter.
Shuningdek, “Foot01” sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.
«Abduqodir Husanov mavsumni yaxshi boshladi va uni tez orada Yevropaning top-klublarida koʻrishimiz mumkin, masalan PSJda.
Jamoa asosiy himoyachisi Kevin Dansoning jarohat olganiga qaramay, “Lans” himoyasi barqarorlik namoyish etmoqda. Jamoa Fransiya chempionatida 6 oʻyinda atigi 2 ta gol oʻtkazdi. Husanov himoyada ajoyib oʻyinlar namoyish etmoqda», deyiladi xabarda.