Hafta davomida yurtimizda qanday ob-havo bo‘ladi ?

Hafta davomida yurtimizda qanday ob-havo bo‘ladi ?

02.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekistonda 1-4-oktyabr kunlari o‘rtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” agentligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3-4-oktyabr kunlari Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 30-sentyabr va 3-4-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 2-4-oktyabrda 12-17 darajagacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 3-4-oktyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda 30-sentyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-22 daraja bo‘ladi. 1-4-oktyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 3-oktyabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari 2-4-oktyabrda 13-16 darajagacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 3-4-oktyabrda 27-30 daraja bo‘ladi.