Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

10.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

Samarqand shahrida “Range Rover”, “Lacetti Optra” va “Damas” mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. “Range Rover” haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan “Lacetti Optra” avtomobili orqasidan, keyin toʻxtab turgan “Damas” avtomobiliga urilgan.

d393138f1b133696ffbf78499cc377281010

Foto: Samarqand viloyat IIB YHXB

Hodisa oqibatida “Lacetti Optra” haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

“Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.