Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

10.10.2024 00:00 O'zbekiston 8

Sherzodjon Fazlitdinovich Polvonov Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2024-10-10_08-48-25

Sherzodjon Polvonov 1987 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan.

Xabarda qayd etilishicha, u Farg‘ona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009 yilda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi kommunal xizmat ko‘rsatish departamenti bosh mutaxassisi sifatida boshlagan. Viloyat hokimligi yetakchi mutaxassisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona shahar kengashi raisi bo‘lgan. 2015-2017 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bo‘lim mudiri, Farg‘ona shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi xodimi, 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi rahbari bo‘lib ishlagan.
 
Joriy yilning mart oyidan Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi