O‘zbekistonda o‘tgan yili 100 tonna oltin qazib olindi

O‘zbekistonda o‘tgan yili 100 tonna oltin qazib olindi

11.10.2024 00:00 O'zbekiston 6

oltin

Qozog‘istonda 2023-yilda 130 tonna, O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olingan. AQSH Geologiya xizmati shunday maʼlumot berdi, deb yozmoqda “Tazabek.kg” nashri.

Qozog‘istonda qazib olish hajmi 2022-yilga nisbatan 15 tonnaga ko‘paygan, O‘zbekistonda esa 4 tonnaga kamaygan. Rossiyada 310 tonna oltin qazib olinib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga mos keladi.

2023-yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022-yilga nisbatan 60 tonna kamdir. Qirg‘izistonda oltin qazib olish hajmi bo‘yicha so‘nggi baholashni AQSH Geologiya xizmati hali e’lon qilmagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Qirg‘izistonda 25,3 tonna oltin qazib olingandi.

O‘zbekiston 2013—2023-yillarda oltin zaxiralarini faol oshirayotgan davlatlar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘n yil ichida O‘zbekistonning oltin zaxirasi 154 tonnaga oshgan. Zaxiralarni oshirish bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi — 1,3 ming tonna. Xitoy 1,2 ming tonna bilan ikkinchi, Turkiya esa 424 tonna bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘istonda oltin zaxiralari 151 tonnaga oshgan bo‘lib, bu mamlakat dunyo reytingida yettinchi o‘rinda turibdi.