"FIFA Forward" dasturi O‘zbekiston futbolini rivojlantirishda katta yordam berdi,- Infantino

"FIFA Forward" dasturi O‘zbekiston futbolini rivojlantirishda katta yordam berdi,- Infantino

14.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

Janni  Infantino

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekistonda futbol jadal surʼatda rivojlanayotganini eʼtirof etdi.

"FIFA Forward" dasturi O‘zbekiston futbolini rivojlantirishda katta yordam berdi, mamlakatingizning eng yaxshi talantlari uchun zamonaviy inshootlarini taqdim etib, ularning mahoratini oshirish imkonini yaratmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov rahbarligidagi jamoa FIFA bilan yaqin hamkorlikda ishlashda davom etmoqda va futzal bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida mamlakatda futbol jadal surʼatda rivojlanayotganiga shaxsan o‘zim guvoh bo‘ldim. O‘zbekiston, sizning go‘zal sport turi va FIFAga ko‘rsatayotgan ulkan qo‘llab-quvvatlashingiz uchun tashakkur. Biz sizning bu sayohatingizda oldinga siljishingizga yordam berishda davom etamiz", - deb yozib qoldirgan FIFA prezidenti.