Avtosportchilarimiz “FIA Motorsport Games 2024”ga tayyorlanmoqda

Avtosportchilarimiz “FIA Motorsport Games 2024”ga tayyorlanmoqda

17.10.2024 00:00 O'zbekiston 6

Milliy matbuot markazida joriy yilning 23-27 oktyabr kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida bo‘lib o‘tadigan “FIA Motorsport Games 2024” musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

8lSpd1g70a8QGcXhtRIyLnXgbeMJLNC2_front

Foto: Uza.uz

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Milliy avtosport va karting federatsiyasi vakillari Avtosport olimpiadasi bo‘lgan mazkur poygalarda mamlakat terma jamoasining munosib ishtirok etishi borasida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari holati xususida to‘xtalib o‘tgan.

Jurnalistlarning savollariga javob berish asnosida mutasaddilar “FIA Motorsport Games 2024” musobaqalarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan har bir avtosportchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.