Joriy yilning 17-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qatar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Shayx Muhammad Bin Ahmad al-Kuvariy ishtirokida O‘zbekiston va Qatarning 40 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Muloqotda ikki mamlakat vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston tomoni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishning ijobiy dinamikasini qayd etdi. Qatarning qator yirik kompaniyalari O‘zbekistonda energetika, yo‘l infratuzilmasi, logistika va turizm sohalarida investitsiyaviy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirish va ko‘lamini kengaytirish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Gap qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, togʻ-metallurgiya, energetika va neft-kimyo, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, transport va logistika sohalari, shuningdek, keng koʻlamli xususiylashtirish dasturi haqida bormoqda. Ular yangi tashabbuslarni amalga oshirishning har bir bosqichida har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Qatar tomoni O‘zbekistonning investorlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va muhokama qilingan barcha loyihalar bo‘yicha faol ishlashga tayyorligini ta’kidladi.
Davra suhbati yakunlari boʻyicha Qatar Dynasty Jet kompaniyasining Oʻzbekistonda vakolatxonasini ochish boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar, Qatarning Al Mai Trading, High Com Global Trading hamda O‘zbekistonning Millmax Trading va Turan as kompaniyalari bilan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha shartnomalar imzolandi.