Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish avvalida Shanxay texnologiyalar transferi markazi ilmiy xodimlari tashrif buyurishdi. Ikki mamlakat olimlarining samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvida kelgusidagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.
Foto: Uza.uz
Uchrashuvda ikkita tashabbus muhokama qilindi:
birinchi tashabbus - Shanxay texnologiyalar transferi markazining “Bir makon bir yoʻl”doirasida kam uglerodli texnologiyalar va innovatsion hamkorlik boʻyicha xalqaro alyansni tashkil etish;
ikkinchi tashabbus - Materialshunoslik institutining Alyansning texnologik platformalaridan biri sifatida qaralishi mumkin boʻlgan “Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy inshooti negizida “Yashil texnologiyalar vodiysi” xalqaro ilmiy xabini yaratish.
Uchrashuv doirasida Materialshunoslik institutining innovatsion ishlanmalari taqdimoti boʻlib oʻtadi, jumladan: issiqxonalar uchun haroratni moʻtadillashtiruvchi plenka, issiqlik saqlovchi va issiqlikni aks ettiruvchi materiallar, vodorod energiyasi uchun materiallar, qishloq xoʻjaligi uchun sovuq plazma texnologiyalari doirasidagi tadqiqotlar xususida fikrlar almashinildi.
Muzokaralar so‘nggida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti va Shanxay texnologiyalar transferi markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, Materialshunoslik instituti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Nazariy va amaliy tadqiqotlar instituti oʻrtasida “NanoTech” qoʻshma laboratoriyasini tashkil etish toʻgʻrisida ham memorandum imzolanadi.