Toshkentda madaniy meros haftaligi ochildi

Toshkentda madaniy meros haftaligi ochildi

18.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

Bugun poytaxtimizda “Sharq renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar va sivilizatsiyalar”mavzusida madaniy meros haftaligi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

jxumOXKqRkuqIGcc3hqPV1UAm8BeXYjy_front

Foto: Uza.uz

Unda Butunjahon jamiyati (WOSCU)ning konferens-zalida tashkil etilgan ushbu haftalikda mahalliy va xorijiy ekspertlar, olimlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Haftalikning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov va boshqalar mamlakatimiz madaniy merosini o‘rganish va saqlash borasida olib borilayotgan ezgu ishlar xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy yuksalishi, ularning yurtimiz tarixiga bo‘lgan qiziqishini orttirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Haftalik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda mamlakatning tarixiy va madaniy merosini, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashtirish, Islom sivilizatsiyasi markazini taqdim etish va muzey zallari hamda kutubxonani yanada boyitish uchun hamkorlar topish, shuningdek, Imom Buxoriy majmuasidagi muzey loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratiladi.

Tadbirda Yangi O‘zbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli film namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, haftalik 27 oktyabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.