Jamshid Qo‘chqorovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi

Jamshid Qo‘chqorovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi

19.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi.

JmNWWLr2DR0HTTb1yhRTuyuOLgebwSMK_front

Foto: Uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram kanalida qayd etilishicha, davlatimiz rahbarining farmoni bilan ayni faxriy unvon J.Qo‘chqorovning davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun berilgan.