Xitoydagi "O‘zbek tili do'stlari" klubi a'zolari xalqimizga o‘z qutlovlarini yo‘lladi

Xitoydagi "O‘zbek tili do'stlari" klubi a'zolari xalqimizga o‘z qutlovlarini yo‘lladi

22.10.2024 00:00 O'zbekiston 5

21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Xitoydagi "O'zbek tili do'stlari" klubi a'zolari xalqimizga o'z qutlovlarini yo'lladilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

1729584617738_44png

Foto: "Dunyo" AA

Chjan Tinxao, Pekin universiteti doktoranti:

– Men universitetda o'zbek tilini o'rganyapman va bu til menga juda yoqadi.

Ko'plab mashhur o'zbek yozuvchi va shoirlarning ijodlari bilan tanishib, ushbu tilning naqadar boyligini his qildim. Ayniqsa, buyuk alloma Alisher Navoiy asarlarini o'qish menga zavq bag'ishlaydi.

So'nggi yillarda xitoylik talabalar orasida o'zbek tilini o'rganishga bo'lgan qiziqish ham ortib bormoqda.

Barchangizni 21-oktabr – "O'zbek tili bayrami kuni" bilan chin qalbimdan tabriklayman.

 

Lyu Szichi, Markaziy Millatlar universiteti talabasi:

– O'zbek tili dunyodagi eng go'zal tillardan biridir. O'zbek tilini mukammal o'zlashtirib, O'zbekistonga borish niyatidaman. O'zbek xalqining juda mehmondo'st va samimiyligini bilaman.

Universitetimizda ko'plab o'zbek do'stlarimiz ta'lim olmoqda. Biz ular bilan o'zbek tilida muloqot qilamiz.