O‘zbekiston delegatsiyasi MDH PA iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari bo‘yicha seminarida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH PA iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari bo‘yicha seminarida ishtirok etdi

22.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya qo‘mitasi raisi B. Alixanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH PA iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari bo‘yicha seminarida ishtirok etdi.

tvNb4gLXaqy4U4D2qPLvYXJgo7iHVn

Foto: Senat.uz

Tadbir MDH Parlamentlararo Assambleyasi huzuridagi Ekologiya va tabiatdan foydalanish bo‘yicha ekspert kengashining majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda milliy parlamentlar, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari, tegishli vazirliklar, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalardan taklif etilgan ekspertlar ishtirok etdi.

Seminar davomida senator Boriy Alixanov maʼruza qilib, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi, shuningdek, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi intensivligini baholash bo‘yicha qo‘mita ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan metodologiya bilan tanishtirdi.

Senator, shuningdek, qo‘mita ekspertlari tomonidan iqlim o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha mavjud usullarni tanqidiy ko‘rib chiqish hamda ushbu mintaqada uning intensivligini baholash nazariyasi va formulasi ishlab chiqilganini taʼkidladi.

Seminarning “Iqlim o‘zgarishining ekotizimlarga taʼsiri” va “Xalqaro hamkorlik va iqlim o‘zgarishiga moslashishni huquqiy tartibga solish muammolari” mavzulariga bag‘ishlangan seksiya majlislarida ekotizimlarning moslashuvining dolzarb masalalari va xalqaro hamkorlikni faollashtirish zaruriyati kabilar shuningdek, MDH davlatlarining bu boradagi qonunchiligini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama yakunlari bo‘yicha parlamentlar, hukumatlar, xalqaro va milliy tashkilotlarga yo‘llangan tavsiyalar qabul qilindi.