Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Foto: "Dunyo" AA
Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020−2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.
Pashtun-dari va ingliz tillarini biladi.
Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. Markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Oybek Usmonov 2012-2024-yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmanov oʻrniga tayinlandi.