Termiz shahrida maʼlum vaqt gaz taʼminoti butunlay oʻchiriladi

Termiz shahrida maʼlum vaqt gaz taʼminoti butunlay oʻchiriladi

29.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmog‘ida o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 28-oktabr kuni soat 13:00dan 17:00gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

1e1405faf127bbb43239f542617d53561028

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qayd etishicha, qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tgan.