Joriy yilning 29-oktyabr kuni soat 09:04 da Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Valiy mahalasi G‘alaba koʻchasida joylashgan savdo do‘konlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 ta yong'in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 09:11 da yetib borib, soat 09:40 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida savdo do‘koning shift, tom qismi va kiyim-kechak maxsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.