Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi

Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi

29.10.2024 00:00 O'zbekiston 5

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

c1bae5d4eae9b95692f1c434b2a5ad8b1029

Qayd etilishicha, qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berilgan.

Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat etishi mumkin.