Fargʻonada jamoat transporti uchun yoʻl haqi belgilandi

Fargʻonada jamoat transporti uchun yoʻl haqi belgilandi

30.10.2024 00:00 O'zbekiston 7

Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning qarori bilan viloyatdagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov 3000 soʻm etib belgilandi.

27987503f71f76aabc7823b97ca54b1b1030

"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabariga koʻra, Fargʻona viloyatining shaharlarida, shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha belgilandi.

  • avtobuslarda bir nafar yoʻlovchi uchun yoʻl haqi — 3000 soʻm;
  • jamoat transportida elektron shaklda toʻlangan toʻlov (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) bir nafar yoʻlovchi uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi yoʻl haqi tarifi — 2400 soʻm;
  • yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yoʻlovchi uchun — 4000 (toʻrt ming) soʻm.

Qayd etilishicha, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Uning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari X.Isaqov va viloyat Transport boshqarmasi boshligʻi B.Safarov zimmasiga yuklatilgan.