Kon-geologiya vazirligi delegatsiyasi Xalqaro tog‘-metallurgiya investitsiya forumi va Tojikiston ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Foto: Gov.uz
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida o‘z ishini boshlagan Xalqaro tog‘-metallurgiya investitsiya forumi va Tojikiston ko‘rgazmasida qatnashdi.
Vazir forumning “Tojikistonning sanoat istiqbollari” nomli panel sessiyasidagi muhokamalarda ishtirok etdi.
Tadbirda sanoatni rivojlantirish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish va mavjud munosabatlarni yanada mustahkamlash, sohada tajriba almashinuvini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.