Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi.

Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi.

30.10.2024 00:00 O'zbekiston 5

Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot Anqara aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. 

photo_2024-08-05_18-01-45

O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasining ma'lum qilishicha, HY282 reysi jadvalga muvofiq Istanbuldan Toshkentga parvozga chiqqan.

Ammo samolyot komandiri yo‘lovchining o‘zini yomon his qilgani sababli Anqara xalqaro aeroportiga qo‘nishni so‘ragan. Toshkent vaqti bilan 10:12 da samolyot muvaffaqiyatli ravishda Anqara shahridagi aeroportga qo‘ndi. Tibbiy xizmatlar yo‘lovchini reysdan tushirib, tibbiyot muassasasiga yetkazishdi.

Aviakompaniya samolyoti Anqaradan Toshkent vaqti bilan 13:20 da uchib ketgan