Toyloqda uch nafar fuqaro tabiatga 211 170 000 soʻm zarar keltirdi

Toyloqda uch nafar fuqaro tabiatga 211 170 000 soʻm zarar keltirdi

30.10.2024 00:00 O'zbekiston 7

Toyloqda uch nafar fuqaro tabiatga 211 170 000 soʻm zarar keltirdi. Ushbu holat Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi va uning Toyloq tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan aniqlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

588b1ec042738abb838807b87ff5de041030

Maʼlumki, bugungi kunda Respublikamizda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qatʼiyan man etiladi.

Shunga qaramay, Toyloq tumanining “Oʻray elipok” MFY da yashovchi uch nafar fuqarolar noqonuniy ravishda bir necha tup daraxtni kesgani oshkor boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan ularning har biriga BHMning 25 barobaridan jarima qoʻllanildi. Bundan tashqari, fuqaro G.M ga 51 340 000 soʻm, M.F ga 28 730 000 soʻm hamda B.K ga 56 100 000 soʻm tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblandi.