9 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 48,2 mlrd AQSH dollariga yetgan

9 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 48,2 mlrd AQSH dollariga yetgan

05.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

import eksport

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston jahonning 190 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 48,2 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,7 %), Rossiya (18 %), Qozog‘iston (6,2 %), Turkiya (4,5 %) va Koreya Respublikasida (3,1 %) qayd etilgan.

Eksport – 19,8 mlrd;

Import – 28,4 mlrd.