Taxtaqoracha dovonida baxtsiz hodisa yuz berdi

Taxtaqoracha dovonida baxtsiz hodisa yuz berdi

07.11.2024 00:00 O'zbekiston 22

e5f6cf10e3f35ee7b08311daa4efbb3c

6-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan dovon yo‘lida Cobalt rusumli avtomobilni yirik hajmdagi tosh bosib qoldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lda harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

"Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining 1138-kilometrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sababli Taxtaqoracha dovonida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatildi", deyilgan xabarda.

Dovon qayta ochilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.