Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi

Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi

07.11.2024 00:00 O'zbekiston 9

Bugun Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

photo_2024-11-07_11-25-34

Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Bahtiyorjon Rasulovning joriy yil 27 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiya ishi davomida deputat O‘ktamjon Axunov xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi raisi etib saylandi. 

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga saylangan deputatlarning  partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Andijon viloyati hokimi lavozimiga Prezident tomonidan Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. 

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qaroriga muvofiq, Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.