O‘zbekistonda Lyuksemburgning birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonda Lyuksemburgning birinchi elchisi tayinlandi

08.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

5677ba32ba9f9f50b3f9faf006cc5794

Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma'lum qildi.

"Tom Rayzen janoblarini Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz. Darhaqiqat, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa'y-harakatlarni kuchaytirishi lozim. Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo koʻlamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deya yozgan vazir o'z sahifasida.