Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in chiqdi

Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in chiqdi

08.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

2cb175aa38ba68da40039ed5c887fef6

7-noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati, Urganch tumani, “Shermatlar” MFY, Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:59 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va soat 13:50 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda