Bir muddat oldin poytaxt metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi. “Toshkent metropoliteni” axborot xizmatining ma'lum qilishicha, yo‘lovchilar tomonidan ushbu qulaylik iliq kutib olingani va sinov jarayonlari o‘zini oqladi.
Shuningdek, boshqa bekatlarga nisbatan yo‘lovchilar bilan gavjum bo‘lgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi uchun zarur ishlar amalga oshirilishi boshlanmoqda.
“Xalq soʻzi”ning “Toshkent metropoliteni” axborot xizmatidagi manbasiga koʻra, mazkur qurilishlar aynan qaysi 9 ta bekatda amalga oshirilishi hali aniq emas.
Maʼlumki metropoliten tizimi shahar kanalizatsiya quvurlaridan pastda joylashgan. Bu hojatxonalar ish faoliyatini doimiy taʼminlash va ularni toza saqlashda qoʻshimcha maxsus transport vositalari hamda ishchi kuchini talab qilishini anglatadi.