Rasmiy maʼlumot eʼlon qilindi. Oʻzbekistonda erkaklar koʻpmi yoki ayollar?

Rasmiy maʼlumot eʼlon qilindi. Oʻzbekistonda erkaklar koʻpmi yoki ayollar?

08.11.2024 00:00 O'zbekiston 7

2024-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi 37,3 million kishidan oshdi. Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, erkaklar soni 18,8 millionni tashkil etgan boʻlsa, ayollar soni 18,5 milliondan ortiqroq ekanligi qayd etildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

0b446fdacf233a3aef8650103012b50e1108

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha,  soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda aholining umumiy soni barqaror oʻsish koʻrsatmoqda. 2020-yilda erkaklar soni 17,2 million boʻlgan boʻlsa, 2024-yilda bu koʻrsatkich 18,8 millionga yetdi. Ayollar soni esa 2020-yilda 17 milliondan oshgan boʻlsa, 2024-yilda 18,5 millionga yetgan.

Aholi oʻsishi aholining yoshi, jinsiy tarkibi va ijtimoiy koʻrsatkichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Aholining koʻpayishi turli sohalarda, jumladan, mehnat bozorida va iqtisodiy rivojlanishda oʻz aksini topmoqda.

Erkaklar soni ayollarga nisbatan oz miqdorda koʻpaygani kuzatilgan. Bu demografik oʻzgarishlar mamlakatdagi oilaviy va ijtimoiy muhitga ham taʼsir koʻrsatadi. Aholi sonidagi oʻsish mamlakatning rivojlanishiga yangi talab va ehtiyojlarni shakllantirishi aytib oʻtish kerak.

Yangi oʻsish surʼatlari sogʻliqni saqlash, taʼlim va uy-joy sektorlariga boʻlgan ehtiyojni oshiradi. Aholi tarkibini chuqur tahlil qilish orqali ijtimoiy sohalarda samarali strategiyalar ishlab chiqilishi zarur.