Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi

Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi

16.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

7bff3cb5-fafa-468a-dd46-f35b7d28ce88_lists_slider_

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:

Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori

Koʻchimov Abdusaid Koʻchimovich – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

Safoyev Sodiq Solixovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari

Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

Turdiyev Sodiqjon – Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. Mirziyoyev