Saudiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Saudiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

18.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

fklyadeal,saudiya,samolet

Foto: Flyadeal

Flyadeal Jidda-Toshkent-Jidda, Madina-Toshkent-Madina va Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishlarida muntazam qatnaydi.

“O‘zaviatsiya” agentligi Flyadeal aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi

Bu O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan berildi. Parvozlar A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Aviakompaniya Jidda—Toshkent—Jidda, Madina—Toshkent—Madina va Jidda—Namangan—Jidda yo‘nalishlarida muntazam qatnaydi.