Urganchga yangi avtobuslar keltirildi

Urganchga yangi avtobuslar keltirildi

18.11.2024 00:00 O'zbekiston 5

Urganch shahrida jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida Xitoyning “Zhongtong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 50 ta zamonaviy avtobuslar keltirildi. Yangi avtobuslar taqdimotida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

0b7193d096287041b9b550450255cbe11118

Foto: xs.uz

Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Urganch shahrida 14 ta yoʻnalish mavjud boʻlib, 138 ta avtobus har kuni 60 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatmoqda.

Shaharning transport bosh rejasiga asosan 16 ta yoʻnalishda 148 ta avtobuslar harakatlanishi belgilangan. Yangi avtobuslarda yoʻlovchi tashish xizmati “Brutto shartnomasi”, yaʼni “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlari asosida hisob-kitob qilinishi natijasida kuniga 136 ming nafar yoʻlovchini manzilga eltib qoʻyish imkoniyati yaratiladi, qatnovlarning oraliq intervali 18 daqiqadan 10 daqiqaga qisqaradi.

Urganch shahrida ushbu yangi avtobuslar qatnovga qoʻyilishi tufayli amalda foydalanilayotgan avtobuslar viloyatdagi boshqa yoʻnalishlarga oʻtkaziladi va bu yoʻnalishlarda ham xizmat sifati yaxshilanadi.