Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

19.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.U. fuqaro D.N. va boshqalarning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi va viza olib berishi evaziga 12 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

photo_2024-11-15_12-16-54

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.