Turkiyadagi mashhur binolar O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi

Turkiyadagi mashhur binolar O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi

20.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun Turkiyada ham keng tantana qilindi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Shu munosabat bilan mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Turkiyadagi bir necha mashhur binolarda O'zbekiston bayrog'i tasvirlandi.

Xususan, 18-noyabr kuni Istanbul shahridagi tarixiy Galata minorasi, Osiyo va Yevropani bog'lovchi "Bosfor" va afsonaviy Fotix Sulton Mehmet ko'priklari O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi. 

1732088601594_49jpg

Foto: "Dunyo" AA