"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar tayinlandi.

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar tayinlandi.

22.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

Sattarov Sanjar Sadiqovich "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

018f6b49efb5770510c2bdc9b779b1161122

Foto: “Toshshahartransxizmat”

S.Sattarov 1979-yil 15-noyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutining bakalavr bosqichini, 2005-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida magistratura bosqichini avtotransport vositalaridan foydalanish, avtotransportda xalqaro yuk tashish yo'nalishini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar Sattarov Sanjar Sadiqovich O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining turli lavozimlarida, Transport vazirligi tasarrufidagi “Uzautotrans Service” MChJ bosh direktori, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.