23-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

23-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

22.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

“Oʻzgidromet” 23-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

1e7651d77c95e76d1a3e76bec144799c1122

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

BuxoroNavoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, choʻl hududlarda 7-12 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.