Yangi mudofaa vaziri tayinlandi

Yangi mudofaa vaziri tayinlandi

24.11.2024 00:00 O'zbekiston 9

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan general-mayor Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

e56c38770de4d3285b8f4a214eb059051124

Foto: xs.uz

"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, u 2021-yilning mart oyidan buyon mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha Xalmuxamedov mudofaa vaziri o‘rinbosari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari va Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.