“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.
Biznes-forum O‘zbekistonning “Prestige Travel” kompaniyasi tashabbusi bilan Xitoyning Haynan provensiyasi turizm kompaniyalari o‘rtasida Turizm qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston va Xitoyning davlat va xususiy sektor vakillari, jumladan, hukumat vakillari, biznes rahbarlari va investorlar, shuningdek, ikki davlatning yetakchi mehmonxona brendlari va turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda joriy yilning 18-dekabr sanasidan boshlab, Toshkent va Haynan shaharlari o‘rtasida muntazam aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilayotganligi ma’lum qilindi.
Forum davomida O‘zbekiston va Xitoy tomonlari vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar turizm sohasining bugungi holatini muhokama qildilar, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rgandilar. Forum O‘zbekiston va Xitoy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida bir qator shartnoma va anglashuv memorandumlarini imzolash marosimi bilan yakunlandi.
“Joriy yilning 10 oyligida Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekistonga 60 mingga yaqin turistlar kirib kelgani ma'lum qilindi