Soʻnggi paytlarda Turkiyada soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar tarqalish holatlari kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarolarini ogohlikka chaqirdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: Istanbul shahridagi Bosh konsulxona
«Valyutani sotib olishda, qabul qilishda diqqatli boʻling va quyidagilarga eʼtibor bering:
dollarni faqat bank yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash joylarida qabul qiling, ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilganingizda, tekshiruv uskunalaridan foydalaning, qoʻlma-qoʻl pul ayirboshlashdan saqlaning.
Soxta kupyuralarni qabul qilish yoki tarqatish qasddan amalga oshirilsa, Turkiya qonunchiligida ogʻir jazo belgilangan, agar shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling», deyiladi Bosh konsulxona xabarida.