“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Rossiyadan Toshkentdan shahar atrofi qatnovlari uchun foydalaniladigan yangi elektropoyezd oldi. Bu haqda kompaniya raisi Zufar Narzullayev seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi
“Rossiyadan xalqqa xizmat qiladigan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga shaharlararo elektropoyezd olib kelindi. Buni ham xalqimizga xizmat qilishga qo‘yishga topshiriq berildi”, — dedi Zufar Narzullayev.
20-noyabr kuni Telegram`dagi “Ko dnu” kanali Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdining sinovlari haqida xabar bergandi. EP3D — Rossiya yo‘lovchi elektropoyezdlari bo‘lib, u 2016-yildan buyon Demixov mashinasozlik zavodida ishlab chiqariladi
2021-yilning bahorida “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Toshkentda shahri atrofi qatnovi uchun elektropoyezdlar parkini yangilash rejasini e’lon qilgandi. Xojikent yo‘nalishiga to‘rtta yangi tezyurar elektropoyezdini qo‘yish rejalashtirilgan, bu esa yo‘l vaqtini 2 soat 15 daqiqadan 1 soatga qisqartirishi bildirilgan.
Zufar Narzullayev, shuningdek, prezident yangi yil arafasida elektrlashtirilgan Buxoro — Miskin — Urganch — Xiva (465 km) temiryo‘lini ochib berishini ma’lum qildi.