Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda bo‘lgan osma ko‘prik qurilmoqda.
Viloyat hokimi tashabbusi bilan turizm qishlog‘i maqomiga ega bo‘layotgan, “Imom ota” ziyoratgohi va ko‘plab turistik maskanlar mavjud bo‘lgan bu hududda bir qancha yangi o‘zgarishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
300 metr uzunlikdagi ko‘prik qurilishi tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Ko‘prik turistik maskanlardan biriga tegishli bo‘lib, “Orzu” deb nomlanadi, undan bir vaqtni o‘zida jami 40 nafar sayyohatchilar foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Xo‘jaobodda bu kabi yangiliklar qurilishi davom etadi.